Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Davlat bog'chalariga imtiyozli navbatga yozilish jarayoni onlayn shaklga o'tkazildi

Endilikda davlat bog'chasiga imtiyozli navbatga qo'yish uchun idoralarga borish talab etilmaydi, ariza my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yangi tartibga ko'ra, davlat bog'chasiga imtiyozli navbatga qo'yish uchun endi turli idoralarga borish yoki hujjatlar to'plash talab etilmaydi.

Ariza beruvchi my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali ro'yxatdan o'tib, «Bolani davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish» xizmatini tanlashi hamda o'ziga tegishli imtiyoz toifasini ko'rsatishi kifoya.

Shundan so'ng tizim ma'lumotlarni tegishli vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali avtomatik ravishda tekshirib, imtiyoz huquqini tasdiqlaydi.

Onlayn xizmatdan shartnoma bo'yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning bolalari, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, «Ayollar daftari»ga kiritilgan yolg'iz ayollarning farzandlari, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalarning bolalari, talabalar hamda ta'lim muassasalari pedagoglarining farzandlari va qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozli toifalar foydalanishi mumkin.

Ariza yuborish uchun fuqaro my.gov.uz portali yoki mobil ilovasiga kirib, xizmatni tanlaydi, zarur ma'lumotlarni to'ldiradi, davlat bog'chasini hamda mavjud imtiyoz turini ko'rsatgan holda arizani elektron shaklda yuborishi mumkin.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi