Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Pedagogik ta'limda "4+2" tizimi: nazariya va amaliyot uyg'unligi

Pedagogik yo'nalishlardagi talabalar uchun "4+2" tartibida tashkil etilayotgan ta'lim jarayoni bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ko'nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda dunyo miqyosida pedagogik ta'lim mazmunini amaliyot bilan uzviy bog'lashga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonda ham pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi qaroriga muvofiq, pedagogika yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun haftalik o'quv jarayonini "4+2" tartibida tashkil etish amaliyoti joriy etildi.

"4+2" modelining mazmuni va ahamiyati

Ushbu yondashuvga ko'ra, talabalar haftaning to'rt kunida oliygohda nazariy bilimlarni o'zlashtirsa, ikki kun davomida maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliy faoliyat bilan shug'ullanmoqda. Avvalgi yillarda nazariya va amaliyot o'rtasida ma'lum uzilishlar bo'lib, yosh mutaxassislar ish faoliyatini boshlagach ba'zi qiyinchiliklarga duch kelardi. O'qituvchilik kasbi o'nlab bolalar taqdiri uchun mas'ul bo'lgani sababli, bo'lajak pedagogning kasbiy shakllanishi aynan talabalik davridanoq boshlanishi talab etiladi.

Islohotlar va yangi vazifalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-aprelda imzolangan farmonida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida rivojlantirish, dual ta'lim elementlarini keng joriy etish hamda pedagogik amaliyotni "bir ustoz – bir talaba" tamoyili asosida tashkil etish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu esa mazkur model vaqtinchalik tajriba emas, balki pedagogik ta'limning yangi falsafasi ekanini ko'rsatadi.

Shuningdek, amaliyot natijalarini baholashda hisobotlar emas, balki talabaning real dars jarayoniga tayyorgarligi va egallagan pedagogik kompetensiyalari asosiy mezon sifatida belgilanmoqda. Mentorlik tizimini kuchaytirish, ta'lim jarayonlarini raqamlashtirish va yagona elektron portfoliolar orqali monitoring qilish kelgusida kasbiy rivojlanishning shaffof tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi