Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan ta'lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi

Erkinjon Turdimov bosh vazir o'rinbosari – ta'lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma'qullandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimini tark etib, bosh vazir o'rinbosari – ta'lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma'qullandi. Shu bilan birga, tegishli farmon asosida Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga bosh vazirning birinchi o'rinbosari – ta'lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritilib, ta'lim, ilm-fan va sog'liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yangi lavozim egasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, jumladan vazirliklar, qo'mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli sohalardagi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilishi belgilandi. Ushbu yo'nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish vazifasi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Tarjimai holi

Erkinjon Turdimov 1969-yilda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida tug'ilgan bo'lib, 1991-yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutini tamomlagan va mutaxassisligi bo'yicha iqtisodchidir. U o'z mehnat faoliyatini 1991-yildan bank tizimidan boshlagan. 1995–1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalari bo'yicha o'rinbosari, 1996–2000-yillarda Milliy bankning Navoiy viloyat bo'limi boshqaruvchisi bo'lib ishlagan. Shuningdek, 2000–2008-yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan va 2008-yilda qishloq va suv xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shundan so'ng u to'rt viloyatda rahbarlik lavozimlarida ishlagan: 2008–2016-yillarda Navoiy viloyatini, 2016–2018-yillarda Surxondaryo viloyatini, 2018–2024-yillarda Samarqand viloyatini boshqargan. 2025-yil yanvaridan boshlab esa Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar

Eslatib o'tamiz, 3-oktabr kuni O'zbekiston prezidenti farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta'lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etilgandi. Ushbu islohotdan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatda ta'lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo'yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi