Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farg'ona davlat texnika universitetining to'rtta yo'nalishi xalqaro akkreditatsiyadan o'tdi

Farg'ona davlat texnika universitetining 4 ta bakalavriat ta'lim dasturi Yevropaning ASIIN tashkiloti tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida ta'lim sifati va raqobatbardoshligini xalqaro standartlar asosida oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o'z samarasini bermoqda. Natijada Farg'ona davlat texnika universitetining 4 ta bakalavriat ta'lim dasturi Yevropaning nufuzli akkreditatsiya tashkilotlaridan biri bo'lgan ASIIN tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o'tkazildi.

Xalqaro e'tirofga sazovor bo'lgan yo'nalishlar

Xalqaro baholash jarayonida quyidagi ta'lim yo'nalishlari ijobiy natija ko'rsatdi:

  • Qurilish muhandisligi
  • Geodeziya va geoinformatika
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi
  • Arxitektura

Bu natija OTMda ta'lim sifatini xalqaro talablarga moslashtirish yo'lida olib borilgan tizimli ishlarning amaldagi ifodasi bo'ldi.

Jarayon bosqichlari

Akkreditatsiya tadbirlari bir necha bosqichda tashkil etildi. 2025-yil bahorida xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar o'tkazilib, ASIIN bilan tegishli shartnoma imzolandi. Shundan keyin oliygoh professor-o'qituvchilari tomonidan ichki baholash hisoboti tayyorlandi. Joriy yil yanvar oyida xorijiy ekspertlar universitetga kelib, joyida baholash ishlarini olib bordi.

O'rganishlar davomida ta'lim sifati, boshqaruv tizimi, professor-o'qituvchilar salohiyati, moddiy-texnik baza hamda bitiruvchilarning bilim darajasi har tomonlama tahlil qilindi. Yakuniy xulosaga ko'ra, barcha ko'rsatilgan dasturlar xalqaro talablarga to'la mos kelishi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, universitet QAA tomonidan institutsional akkreditatsiyadan o'tish jarayonlarini ham davom ettirmoqda. Bugungi kunga qadar ushbu jarayonning ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakuniga yetkazilib, uchinchi bosqich ishlari davom etmoqda. Mazkur xalqaro akkreditatsiya va institutsional baholash jarayonlarini moliyalashtirish ishlari Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan grant mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi