Farg'ona viloyatida yozgi oromgohlar va o'quvchilar qamrovi masalasi
Farg'ona viloyatida yozgi bolalar oromgohlari faoliyati va o'quvchilar qamrovi bo'yicha mavjud raqamlar keltirildi.

Joriy yilda Farg'ona viloyatida jami 12 ta turg'un oromgoh faoliyat yuritib, ularda 8 ming 310 nafar bolaning sog'lomlashtirilishi rejalashtirilgan. O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat kengashi ma'lumotiga ko'ra, hozirgi kunga qadar 7 ming 181 nafar bola dam oldirildi. Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va a'lo baholarga o'qigan oilalarning 3 ming 990 nafar farzandini jalb etish ko'zda tutilgan bo'lib, ulardan 2 ming 237 nafari oromgohlarda bo'ldi. Bundan tashqari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 101 nafar bola ham "Oltiariq" oromgohida dam oldi.
Oromgohdagi o'rinlar yetarlimi
Viloyatdagi bolalar oromgohlari yozgi ta'tilga tayyorlanib, ta'mirlangan va jihozlangan hamda yo'llanmalar ochiq savdoga chiqarilgan. Biroq mavjud o'rinlar soni barcha xohlovchilarni qamrab olishga yetadimi degan savol tug'iladi. Qoidaga ko'ra, bolalar oromgohida dam olish huquqiga faqat 7-14 yoshdagi, ya'ni maktablarning 7-sinfigacha bo'lgan o'quvchilar ega bo'lib, yuqoriroq sinf o'quvchilari qabul qilinmaydi.
O'quvchilar soni va qamrov ko'rsatkichi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, Farg'ona viloyatida 1-7 sinflarda 474 ming 151 nafar, 8-10 sinflarda esa 161 ming 837 nafar o'quvchi tahsil oladi. 1-7 sinf o'quvchilarining atigi 8 ming 310 nafari yoki 1,7 foizigina oromgohlar xizmatidan foydalana oladi. Shu bilan birga, 161 mingdan ziyod 8-10 sinf o'quvchilari bu imkoniyatdan chetda qolmoqda.
Manba: UzA


