Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy o'quv yurtlaridagi energetika yo'nalishi ta'lim dasturlari yangilanadi

Oliygohlardagi yoqilg'i-energetika yo'nalishlari bo'yicha o'quv dasturlari to'liq yangilanib, talabalar dual ta'limga qamrab olinadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o'sish modeliga o'tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlarga ehtiyoj borligi ta'kidlandi. Bugungi kunda 25 ta texnika oliygohida ushbu yo'nalish bo'yicha yiliga 5,5 ming nafar mutaxassis tayyorlanmoqda. Shunga qaramay, ta'lim amaliyot bilan bog'lanmagani sababli bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil vaqt ketmoqda.

O'quv dasturlari va talablar

Mas'ullarga bir oy muddatda oliygohlardagi yoqilg'i-energetika yo'nalishlari bo'yicha ta'lim dasturlarini to'liq yangilash topshirildi. Shuningdek, 1 sentyabrga qadar laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish ishlari boshlanishi belgilandi. Kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo'nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo'lishi sababli yangi o'quv yilidan boshlab 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta'limga qamrab olinadi.

Texnikumlardagi yangi tajribalar

Saudiya Arabistonining ACWA kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o'quv yilidan boshlab ushbu tajriba Qoraqalpog'iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham amaliyotga joriy etiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi