Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Guliston davlat pedagogika institutida bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

Guliston davlat pedagogika institutining 2025–2026-o'quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Guliston davlat pedagogika institutida 2025–2026-o'quv yili bitiruvchilariga diplom topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Quvonchli va hayajonli ruhda o'tgan marosimda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar, yosh mutaxassislar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so'zga chiqqanlar yoshlarni oliy ta'limni muvaffaqiyatli tamomlagani bilan qutlab, diplom nafaqat oliy ma'lumot tasdig'i, balki Vatan va xalq oldidagi ulkan mas'uliyat ramzi ekanini ta'kidladilar. Bugungi bitiruvchilar kelgusida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan yetuk mutaxassislar va malakali pedagoglar bo'lishiga ishonch bildirildi.

Bitiruvchilar va bandlik ko'rsatkichlari

Institut ma'lumotlariga ko'ra, 2025–2026-o'quv yilida 1026 nafar yosh mutaxassismustaqil hayotga qadam qo'ymoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgiga nisbatan 2,3 barobar ko'pdir. Bitiruvchilarning bandligini ta'minlash borasida ham salmoqli natijalarga erishilgan bo'lib, hozirga qadar 588 nafari ish bilan ta'minlandi. Bu o'tgan yilgi natijadan qariyb 30 foiz yuqori hisoblanadi.

Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ham e'tibordan chetda qolmagan. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida o'z biznes g'oyalarini hayotga tatbiq etishni maqsad qilgan 67 nafar yoshga jami 1 milliard 939 million so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Talabalik yillaridagi yutuqlar

O'qish davomida institut yoshlari faqat nazariy bilim olish bilan cheklanib qolmay, ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar, jamoatchilik ishlari va sport musobaqalarida ham faollik ko'rsatdilar. Respublika hamda xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, tanlovlar va ilmiy anjumanlarda qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar ta'lim dargohining nufuzini yanada oshirdi.

Tantanali marosim yakunida bitiruvchilarga o'z kasbiga sodiq qolgan holda yurt ravnaqi va yosh avlod tarbiyasi yo'lida sidqidildan mehnat qilishlari uchun ezgu tilaklar bildirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi