Toshkentda bolalarni qiynab kelgan bogcaning litsenziyasi bekor qilindi
Uchtepa tumanidagi Rayyan Kids bogchasining nodavlat talim xizmatlarini korsatish boyicha litsenziyasi sud qarori bilan bekor qilindi.
Bogcha litsenziyasining bekor qilinishi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida faoliyat yuritgan Rayyan Kids bogchasiga berilgan litsenziya rasman bekor qilindi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Maktabgacha va maktab talimi vazirligining javobgar “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilishga qaratilgan huquqiy tasir chorasini qollash togrisidagi arizasi kotirilib, korib chiqildi.
Sud muhokamasi yakunlariga ko'ra chiqarilgan hal qiluv qaroriga asosan, mazkur oilaviy korxonaga nodavlat talim xizmatlarini korsatish faoliyatini amalga oshirish uchun 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya tugatildi. Sudya tomonidan yigilish davomida sud hujjati mazmuni hamda unga nisbatan shikoyat qilish tartibi va belgilangan muddatlar tushuntirib otildi.
Tarbiyachiga nisbatan qozgalgan jinoyat ishi
Aniqlanishicha, ushbu bogcha tarbiyachisi G.A.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a, v” bandlari boyicha jinoyat ishi qozgalgan. Jinoyat ishlariboyicha Uchtepa tuman sudining 2026 yil 3 iyuldagi ajrimi bilan unga nisbatan uy qamogi tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.
Malumot otornida, mazkur bogcha tarbiyachisi bolalarni muntazam ravishda turli usullar bilan qiynab kelgani aniqlangan edi. Jumladan, tarbiyachi yiglayotgan bolaning ogziga latta tiqib, unga azob bergani malum bolgan. Shuningdek, farzandlari ushbu muassasaga qatnovchi ota-onalar bogchada bolalarga igna sanchib qiynash holatlari ham bolganini malum qilishgan.
Manba: Kun.uz



