Ijod maktablari o'quvchilari o'rtasida respublika olimpiadasi o'tkazildi
Qashqadaryoda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari uchun respublika olimpiadasi tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari o'rtasida ijodiy olimpiadaning respublika bosqichi Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun keng sharoit yaratishdan iborat. Bellashuvda ijod maktablarining 8-9 sinf o'quvchilari ishtirok etdi.
Musobaqa jarayoni va bosqichlar
Tadbir avvalida "So'z va ohang sehri" deb nomlangan adabiy-musiqa kechasi tashkil etilib, barcha ishtirokchilar va mehmonlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi. Dastlabki bosqichda yoshlar ijodiy matn yozish orqali o'zlarining badiiy tafakkuri va yozma nutq mahoratini namoyon etdi. Keyingi bosqichda esa monolog chiqish jarayoni orqali ularning nutq madaniyati, sahnada o'zini tutish va fikrni erkin ifodalash qobiliyatlari sinovdan o'tkazildi.
G'olib va sovrindorlar
Yakuniy natijalarga ko'ra, 8-sinflar o'rtasida quyidagi o'quvchilar g'olib deb topildi:
- 1-o'rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Nilufar Itolmasova
- 2-o'rin: Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Kumush Mamadaliyeva
- 3-o'rin: Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Guljayna Orazbayeva
9-sinflar o'rtasidagi bahslarda esa quyidagi o'quvchilar shohsupadan joy oldi:
- 1-o'rin: Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Zamira Ahmadova
- 2-o'rin: Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Imsinoy Ismoilova
- 3-o'rin: Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Nigora Abdug'aniyeva
Barcha g'olib hamda faol ishtirokchilar agentlik tomonidan diplom, sertifikat, esdalik sovg'alari va oromgohga yo'llanmalar bilan taqdirlandi. Bunday tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ularni ma'naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: UzA


