Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

"Ijtimoiy ish" yo'nalishi bitiruvchilari va oliygoh vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ishtirokida oliy ta'lim muassasalarining "ijtimoiy ish" yo'nalishi bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish va sohani malakali kadrlar bilan ta'minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta'lim muassasalarida "ijtimoiy ish" yo'nalishining tashkil etilishi ham shunga qaratilgan bo'lib, hozirda bu borada mutaxassislar tayyorlanmoqda, shuningdek tadqiqotchilar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Bitiruvchilarni bandlik bilan ta'minlash masalalari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o'rinbosari S.Abdullayev ishtirokida 17 ta oliy ta'lim muassasasining "ijtimoiy ish" yo'nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalari hamda professor-o'qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot davomida yosh mutaxassislarni ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalarning mahallalarda ijtimoiy xodim lavozimida faoliyat yuritishga bo'lgan qiziqishi hamda istaklari o'rganilib, ularga amaliy yordam ko'rsatish yo'llari tushuntirildi.

Takliflar va hamkorlik yo'nalishlari

Tadbir davomida ta'lim, amaliyot va soha o'rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish, kadrlar siyosati, akademik hamkorlik hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo'yicha fikr almashildi. Mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya tizimiga raqobatbardosh kadrarni jalb etish yuzasidan 25 dan ortiq takliflar bildirildi.

Ushbu takliflarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish orqali kelgusida mahallalardagi ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sifatini yanada oshirish ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi