Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xalqaro dasturlar joriy etilgan texnikumlar xodimlariga 100 foizlik ustama to'lanadi

Hukumat qaroriga ko'ra, xalqaro ta'lim dasturlari joriy qilingan texnikumlarning ayrim xodimlariga har oylik 100 foizlik ustama belgilanadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Hukumat qarori bilan xalqaro ta'lim dasturlari joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturlarni o'qitishga jalb qilingan xodimlarning mehnatiga haq to'lash, ularga ustama belgilash va rag'batlantirish tartibi tasdiqlandi.

Qoidaga muvofiq, mazkur tartib quyidagi toifadagi xodimlarga tatbiq etiladi:

  • o'qituvchilar;
  • ishlab chiqarish ta'limi ustalari;
  • texnikum direktori;
  • bosh buxgalter;
  • xalqaro ta'lim dasturini muvofiqlashtirish bo'limi xodimlari.

Belgilangan tartibga ko'ra, ko'rsatilgan xodimlarning oylik ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foizlik ustama davlat budjeti mablag'lari hisobidan to'lab beriladi. Mazkur ustama yillik xarajatlar smetalarini shakllantirish jarayonida, shuningdek shtatlar jadvali va tarifikatsiya jarayonida tarif stavkasiga qo'shimcha ravishda belgilanadi.

Xodimlarni rag'batlantirish tartibi

Bundan tashqari, texnikumlarda xalqaro ta'lim dasturlarini o'qitish jarayoniga jalb qilingan o'qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta'limi ustalarini rag'batlantirish miqdorini aniqlash maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuzilishi belgilandi.

Ishchi guruhning qarorlari ochiq ovoz berish yo'li bilan, yig'ilishda qatnashayotgan a'zolarning ko'pchilik ovozi orqali qabul qilinadi. Shuningdek, bu qarorlar ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi