Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

JIDUda bakalavriat bosqichini tamomlagan 510 nafar talabaga tantanali ravishda diplomlar berildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) tahsilni yakunlagan yosh mutaxassislarga diplom topshirish marosimi o'tkazildi. Joriy yilda mazkur oliygohning bakalavriat bosqichini jami 510 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi.

Tadbir doirasida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o'rinbosari va JIDU rektori Sodiq Safoyev bitiruvchilarga onlayn tabrik yo'lladi. Rektor yoshlarning bilim yurti taraqqiyoti hamda mamlakat kelajagiga qo'shayotgan hissasini e'tirof etib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zafarlar tiladi. Shuningdek, farzandlarini yillar davomida qo'llab-quvvatlab kelgan ota-onalarga minnatdorlik bildirildi.

Bitiruvchilarning keyingi rejalari va yutuqlari

Marosim davomida talabalarning universitetdagi faoliyati hamda erishgan yutuqlariga bag'ishlangan videolavha namoyish etildi. Ma'lum qilinishicha, JIDU bitiruvchilarining salmoqli qismi o'qishini AQSh, Yevropa va Osiyoning yetakchi universitetlarida davom ettirmoqda. Huquqshunoslik, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik eng ommabop yo'nalishlar sirasiga kiradi.

Universitet dunyoning 60 dan ortiq xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Bu esa talabalar uchun almashinuv dasturlarida ishtirok etish hamda orttirilgan akademik kreditlarni inobatga olgan holda magistraturaga o'qishga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, ko'plab yoshlar diplom olish bilan birga davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatikkorpuslar hamda xususiy biznes sektoridan ish o'rinlarini topishga ulgurgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi