Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jarqo'rg'onda inklyuziv yondashuvga ega zamonaviy maktab faoliyat ko'rsatmoqda

Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanidagi 500 dan ortiq o'quvchiga mo'ljallangan ta'lim maskanida nogironligi bor bolalar uchun ham alohida sharoitlar yaratilgan.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Ta'lim tizimida inklyuziv yondashuv barcha bolalarning umumiy o'quv jarayoniga to'laqonli jalb etilishini ta'minlaydi. Har bir shaxs zamonaviy standartlar asosida sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Jarqo'rg'on tumani hududidagi "Yangi O'zbekiston" massivida 2024-yil yanvar oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan 66-maktabda bugungi kunda 500 nafardan ziyod bola ilm olmoqda. Mazkur ta'lim maskanida imkoniyati cheklangan va nogironligi bor o'quvchilarni o'qitish borasida maxsus yondashuvlar tatbiq etilgan bo'lib, hozirda bu yerda 50 ga yaqin malakali mutaxassis ҳамда pedagoglar faoliyat olib bormoqda.

Yaratilgan shart-sharoitlar

Maktab binosida o'quvchilar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Xususan, ta'lim maskani hovlisi, maxsus yo'laklar, sport zali, o'qish, ovqatlanish hamda muolaja xonalari zamonaviy talablar darajasida tashkil etilgan.

Davlat rahbari Surxondaryo viloyatiga safari davomida ushbu 66-maktabga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, xususan, nogiron bolalar uchun qilingan imkoniyatlarni yaqindan ko'zdan kechirdi. Maktab direktori Shahnoza Kamolova ta'kidlaganidek, ilgari birorta o'simlik unmagan bu hududda bugungi kunda go'zal "Yangi O'zbekiston" massivi va fayzli ta'lim maskani qad rostladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi