Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jasorat uchqunlari musobaqasi g'oliblari Ozarbayjonga yo'l oldi

Jasorat uchqunlari harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari Ozarbayjonga ta'lim sayohatiga jo'nab ketdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yoshlar o'rtasida yetakchilik qobiliyatlari, jismoniy tayyorgarlik va vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik musobaqalari o'quvchilarni rag'batlantirishda muhim o'rin tutadi. Shunday tashabbuslardan biri bo'lgan “Jasorat uchqunlari” musobaqasining g'oliblari xorijiy ta'lim sayohati bilan taqdirlandi.

Joriy yilning iyun oyida “Jasorat maktablari”ning 5–9-sinf o'quvchilari o'rtasida “Jasorat uchqunlari” sport va harbiy-vatanparvarlik musobaqasi tashkil etilgan edi. Tasdiqlangan tartibga ko'ra, mazkur bellashuvning respublika bosqichida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolari hamda ularning ustozi chet elga ma'rifiy safarga borish huquqini qo'lga kiritgan.

Musobaqada muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-sonli AFCHO'Mning “Jasorat sinfi” jamoasi Ozarbayjon Respublikasiga ta'lim sayohatiga jo'nab ketdi. Sayohat davomida o'quvchilar Ozarbayjonning tarixiy-madaniy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan bir qatorda ta'lim muassasalarida ham bo'lishadi. Shuningdek, ular turli ma'rifiy hamda madaniy tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mazkur ta'lim safari o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro tajriba orttirish va vatanparvarlik ruhini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi