Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda muddatli harbiy xizmatchilar ilk bor kirish testlarida qatnashmoqda

Joriy yilda O'zbekiston tarixida ilk bor muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yoshlar xizmat davridayoq OTMga kirish test sinovlarida ishtirok etmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda 2026-2027 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi. Bu yilgi qabul jarayonlari mamlakatimiz ta'lim tizimida muhim tarixiy yangilik bilan boshlandi. Xususan, mamlakatimiz tarixida ilk bor muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yoshlar xizmat davrining o'zidayoq oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Tashkiliy ishlar va harbiy xizmatchilar uchun sharoitlar

Shimoli-g'arbiy harbiy okrugining Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qismlar hamda hududdagi kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning test sinovlarida munosib qatnashishi uchun barcha zarur choralar ko'rildi. Xizmatchilar belgilangan tartibda sinov o'tkaziladigan hududlarga kuzatilib, ularning xavfsizligi, o'z vaqtida yetib borishi va xotirjam qatnashishi ta'minlandi.

O'qishni davom ettirish tartibi

Yangi tartibga asosan, test sinovlari natijasiga ko'ra talabalikka tavsiya etilgan muddatli harbiy xizmatchilar xizmat davrida birinchi o'quv choragini masofaviy ta'lim shaklida o'zlashtiradi. Harbiy xizmat muvaffaqiyatli yakunlangach, yoshlar o'qishga qabul qilingan oliy ta'lim muassasasida ikkinchi o'quv choragidan boshlab kunduzgi ta'limni davom ettiradi. Ushbu mexanizm yoshlarning na xizmatdan, na ta'limdan ortda qolishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi