Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jizzaxda O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida kasb bayramiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat markazida O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Mehr nuri yog'ar doim yuzingizdan, ustozlar” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur bayramona uchrashuv “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jizzax viloyat bo'limi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax garnizonidagi harbiy qism hamkorligida o'tkazildi. Unda ustoz va murabbiylar, harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbir doirasida oktabr oyining birinchi o'n kunligida o'tkazilayotgan “Qatag'on qurbonlari” xotirasini yod etishga bag'ishlangan targ'ibot tadbirlariga ham alohida e'tibor qaratildi. Ishtirokchilar dastlab “Qatag'on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeydagi tarixiy hujjatlar va eksponatlar orqali qatag'on yillarida jabr ko'rgan, xalq va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan ziyolilar, olimlar, shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ularning ilmiy-ma'rifiy merosi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Tantanali qism va badiiy chiqishlar

Ekskursiyadan so'ng bayramning rasmiy qismi boshlandi. Marosim harbiy orkestr jamoasi ijrosidagi O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan ochildi. Shundan so'ng “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jizzax viloyat bo'limi raisi va hamkor tashkilotlar vakillari so'zga chiqib, ta'lim va tarbiya sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarni kasb bayrami bilan tabrikxonlik qilishdi hamda yosh avlod kamolotidagi ularning beqiyos hissasini e'tirof etishdi.

Tadbirda ustozlik kasbi nafaqat bilim berish, balki yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa ekani alohida ta'kidlandi. Shuningdek, harbiy orkestr jamoasining dilrabo kuylari va yosh iste'dod egalarining Vatan hamda ustozlarni tarannum etuvchi qo'shiqlari yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida ta'lim va tarbiya sohasida ko'p yillar samarali mehnat qilgan bir guruh ustoz va murabbiylarga tashkilotchilarning esdalik sovg'alari topshirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi