Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jizzaxda pedagoglar malakasini oshirish va ta'lim sifatini yaxshilash choralari ko'rilmoqda

Jizzax viloyatida pedagogik mahorat va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jizzax viloyatida ta'lim sohasidagi islohotlar va ularning natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan tadbirda “Ta'lim sifatiga xizmat qilayotgan tizimli islohotlar: natijalar va istiqbollar” mavzusi muhokama qilindi. Unda markaz direktori Ijod Ahmedov, viloyat direktorlar kengashi raisining o'rinbosari Dilmurod Karimqulov, professor-o'qituvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Pedagogik kadrlar tayyorlash va metodik xizmatlar

Markaz rahbarining ma'lum qilishicha, 2025-yil mobaynida 13 mingdan ortiq pedagogning malakasini oshirish rejasi to'liq bajarilgan. “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” platformalari yordamida ko'plab o'qituvchilar ochiq darslar va amaliy seminarlarda qatnashmoqda. Hududlarda manzilli metodik ishlar keng yo'lga qo'yilib, 2025-yilda 39 ta maktabda 993 nafar o'qituvchini qamrab olgan tadbirlar tashkil etilgan. Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida haftasiga 72 soatlik maxsus mashg'ulotlar o'tkazilib, beshta hududdagi 12 ta “qizil” toifadagi maktablar uchun alohida o'quv kurslari boshlangan.

Raqamlashtirish va xalqaro hamkorlik

Ta'lim jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida markazning 17 ta auditoriyasi zamonaviy texnika vositalari bilan to'ldirilgan. Xususan, videoproyektor, interaktiv doska, kompyuter, noutbuk va VR qurilmalari pedagoglarning amaliy ko'nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Markazda davomat FaceID tizimi orqali nazorat qilinsa, beriladigan sertifikatlar onlinedu.uz platformasi orqali taqdim etiladi. Bundan tashqari, Malayziya, Yaponiya hamda Rossiyadan kelgan tajribali mutaxassislar ishtirokida amaliy seminarlar uyushtirilgan. Prezident maktablari, oliy ta'lim muassasalari va Milliy gvardiya o'quv markazlari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan.

Maktab direktorlari tayinlovi

Anjuman davomida direktorlik vakant lavozimlari masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Viloyat direktorlar kengashi raisining o'rinbosari Dilmurod Karimqulovning so'zlariga ko'ra, hozirda 44 ta maktabda rahbarlik o'rni bo'sh turibdi, biroq yuzdan ortiq nomzodlar suhbatdan muvaffaqiyatli o'tib, o'z faoliyatini boshlagan. Yangi rahbarlarning jamoa bilan hamkorlik qilishi hamda oldinga qo'yilgan rejalarni bajarishi asosiy diqqat markazida bo'lishi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi