Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Kasbiy ta'lim agentligi va O'zbekipaksanoat uyushmasi hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Kasbiy ta'lim agentligi va O'zbekipaksanoat uyushmasi o'rtasida kadrlar tayyorlash va hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha memorandum imzolandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Poytaxtda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi raisi R.Abdullayev va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi direktori A.Husanov uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muloqot davomida ipakchilik tarmog'i uchun zamonaviy bilim hamda amaliy ko'nikmaga ega bo'lgan malakali o'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mamlakatda ipakchilikni yanada rivojlantirish, pilla yetishtirish jarayonlarini takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash va aholi bandligini ta'minlash maqsad qilingan. Tomonlar kasbiy ta'lim tizimini ishlab chiqarish jarayonlari bilan yanada yaqin integratsiya qilish, dual ta'limni rivojlantirish, shuningdek, mehnat bozori talablariga to'la mos keladigan kadrlar tayyorlash yuzasidan o'zaro fikr almashdi.

Anglashuv memorandumi imzolandi

Tadbir yakunida idoralar o'rtasida kasbiy ta'lim sohasidagi sheriklikni yanada kuchaytirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat doirasida sohaga oid o'quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish, ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etish hamda pedagoglarning malakasini oshirish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, hujjatda xorijiy tillarni o'qitishni kuchaytirish, qisqa muddatli kasb-hunar kurslarini tashkil etish hamda qo'shma seminarlar, forumlar va kasbiy mahorat musobaqalarini o'tkazish masalalari belgilandi. Bundan tashqari, texnikum bitiruvchilarini tarmoq korxonalaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga keng jalb qilish bo'yicha ham amaliy ishlar amalga oshirilishi kelishib olindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi