Maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzodlarni saralash test sinovlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 dekabrdagi 776-sonli “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qarori va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2026 yil 8 yanvardagi 7-sonli buyrug'iga asosan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari o'tkazila boshlandi.
Sinov jarayonlari va talabgorlar
Jumladan, Farg'ona shahridagi 28-umumiy o'rta ta'lim maktabida ushbu lavozimga da'vogar nomzodlar ishtirokida sinov jarayonlariga start berildi. Baholash jarayonlari belgilangan talablar, shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.
Test sinovlari davomida nomzodlarning kasbiy bilimlari, normativ-huquqiy hujjatlarni qanchalik bilishi hamda yoshlar bilan ishlash ko'nikmalari sinovdan o'tkazilmoqda.
Keyingi bosqich va maqsad
Saralash jarayonlarining navbatdagi bosqichida nomzodlar bilan suhbat uyushtirilishi ko'zda tutilgan. Mazkur tadbirlar maktablarda maslahatchilik tizimini takomillashtirish, “Kelajak” markazlari ish samaradorligini oshirish va o'quvchilarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Manba: UzA


