Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 3400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan respublika bo'ylab maktab maslahatchisi lavozimiga da'vogarlar uchun maxsus test sinovlari tashkil etildi.

Mazkur jarayonlar mamlakatimizning 14 ta hududida markazlashgan tartibda amalga oshirildi. Sinovlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali real vaqt rejimida onlayn tarzda o'tkazildi. Jami 3400 ta bo'sh o'rin uchun e'lon qilingan tanlovga arizalari muvaffaqiyatli qabul qilingan 10 ming nafardan ortiq talabgor o'z bilimini sinovdan o'tkazdi.

Imtihon shartlariga ko'ra, test sinovlari 30 ta savoldan iborat bo'ldi. Ushbu bosqichda yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar navbatdagi saralash bosqichi bo'lgan suhbat jarayoniga yo'llanma oladilar.

Yangi lavozimning vazifalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Kelajak" markazlari o'z faoliyatini boshlagan edi. Shuningdek, ushbu markazlarning vertikal tizimini joriy etish hamda o'quvchilar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida maktab maslahatchisi lavozimi ta'sis etildi.

Yangi lavozim egalarining asosiy vazifalari sirasiga "Kelajak" markazlari to'garaklari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, turli loyihalar, klublar va debatlar orqali yoshlarda yetakchilik hamda tashabbuskorlik ko'nikmalarini rivojlantirish kiradi. Bundan tashqari, ular madaniyat, san'at, kitobxonlik, sport va ekologik yo'nalishdagi tashabbuslarni ham muvofiqlashtiradi. Shuningdek, maktab maslahatchilari 7-9-sinf o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish hamda ularni xalqaro oliygohlarga tayyorlash ishlariga ham o'z hissasini qo'shadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi