Maktab o'quvchilari orasida xalqaro sertifikat olganlar soni 100 mingga yetdi
O'zbekistonda maktab davridayoq xorijiy til va fan sertifikatini qo'lga kiritgan o'quvchilar soni 100 ming nafarga yetdi.

Ta'lim islohotlari va xalqaro reytinglardagi natijalar
Amalga oshirilgan ta'lim islohotlarining samarasi xalqaro baholash jarayonlari va yoshlarning yutuqlarida o'z aksini topmoqda. Jumladan, "MELQO" tadqiqotida maktabgacha ta'lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida esa 15 yoshli o'quvchilarimiz tabiiy fanlar yo'nalishida 32 pog'ona yuqorilab, dunyo miqyosida 48-o'rinni egalladi.
Fan olimpiadalari va sertifikatlar
Joriy yilning o'zida iqtidorli yoshlar nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 228 ta medal jamg'ardi. Shundan 38 tasi oltin, 82 tasi kumush va 108 tasi bronza medallaridir. Shuningdek, O'zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o'quvchilarimiz yana 8 ta medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo'lgan o'quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko'rsatkich avvalgiga nisbatan 2,5 barobar ko'payganini ko'rsatadi. Bundan tashqari, joriy yilda qariyb 5 ming nafar bitiruvchi oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni to'pladi. Mazkur ютуқlar ustozlarning fidokorona mehnati, yangilangan ta'lim mazmuni va yaratilgan shart-sharoitlar natijasi ekanligi ta'kidlandi.
Manba: UzA


