O'rta ta'lim tizimida sifat indeksi joriy etilib, fan olimpiadalariga mukofotlar belgilanadi
O'zbekistonda maktablar uchun sifat indeksi joriy etiladi, boshlang'ich sinflar uchun fan olimpiadalari boshlanadi va o'qituvchilarga pul mukofotlari beriladi.

Kelgusi yildan boshlab boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ham maxsus fan olimpiadalari tashkil etiladi. Mazkur 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g'olib chiqqan o'quvchilarga kompyuter sovg'a qilinadi. Shuningdek, ularning ustozlari ham moddiy rag'batlantiriladi: tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat bosqichi uchun 50 million hamda respublika bosqichi uchun 100 million so'm miqdorida mukofot pullari beriladi.
Ingliz tilida o'qitish va ustamalar
Yangi o'quv yilidan boshlab respiblikadagi 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika hamda tabiiy fanlar to'liq ingliz tilida o'qitila boshlaydi. Ushbu loyihaga jalb etilgan pedagoglar va maktabga tayyorlov guruhi o'qituvchilarining oylik maoshiga 100 foiz miqdorida ustama to'lanishi belgilandi.
Sifat indeksi va toifalar
O'rta ta'lim sohasida "sifat indeksi" mexanizmi joriy etilishi ma'lum qilindi. Unga ko'ra, maktablar pedagogik jamoaning ilmiy-amaliy salohiyati hamda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi ko'rsatkichlariga qarab alohida toifalarga bo'linadi. Agar ilg'or deb topilgan maktab boshqa ta'lim muassasasiga o'z tajribasini o'rgatib, uni yuqori toifaga chiqishiga yordam bersa, mazkur ilg'or maktabning pedagogik jamoasiga 30 foiz miqdorida ustama beriladi.
Manba: UzA


