Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktab va kollejlarda “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari boshlanadi

2026-2027 o'quv yilidan boshlab maktab va kasbiy ta'lim muassasalarida yangi tadbirlar joriy etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Qarorga ko'ra, 2026-2027 o'quv yilidan boshqichma-bosqich o'rta maxsus va kasbiy ta'lim tashkilotlari o'quvchilari hamda umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining 9-11-sinf o'quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba “Mohirlik va biznes soati” tadbirlarini tashkil etish yo'lga qo'yiladi.

Tadbirlar doirasida quyidagi yo'nalishlar belgilangan:

  • “Eng yaxshi startap g'oyasi” tanlovi o'tkaziladi. Tuman bosqichi g'oliblariga 5 mln so'mgacha, viloyat bosqichi g'oliblariga 10 mln so'mgacha mukofot berilishi ko'zda tutilgan;
  • yaratilgan loyihalar har chorakda o'quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;
  • marketpleyslar bilan hamkorlik o'rnatilib, ta'lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, qarorda 2026 yil 1 apreldan davlat organlari, tashkilotlar va davlat ishtirokidagi korxonalar o'z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo'yicha kraudsorsing elektron platformasi orqali tanlovlar tashkil etishi hamda har oy startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar — “Startap kuni” tadbirlarini o'tkazishi nazarda tutilgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi