Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktabga tayyorlov guruhlari va Yangi avlod bog'chalari tashkil etiladi

O'zbekistonda maktabga tayyorlov tizimi yangilanib, bir yillik majburiy bosqich joriy etiladi va elektron sertifikat beriladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Qabul qilingan farmonga asosan, maktabgacha ta'lim sohasida o'yinga asoslangan o'qitish usullari bosqichma-bosqich amaliyotga kiritiladi. Shuningdek, tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyat yuritadigan «Yangi avlod» nomli maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini barpo etish rejalashtirilgan.

Maktabga tayyorlov guruhlari va sertifikatlar

Bir yillik bepul yoki pullik maktabgacha tayyorlov guruhlari maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar hamda boshqa ijtimoiy obektlarda to'liq yoki qisqa muddatli shaklda ish boshlaydi. Bundan tashqari, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim xizmatlarini taqdim etuvchi nodavlat muassasalariga ham bunday guruhlarni ochishga ruxsat beriladi.

2027–2028 o'quv yilidan boshlab tayyorlov guruhlarida darslarni oliy ma'lumotli o'qituvchilar hamda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari olib borishi belgilandi. Ushbu bosqichni muvaffaqiyatli tamomlagan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat taqdim etiladi va bu ma'lumotlar keyinchalik umumiy o'rta ta'lim shahodatnomasida aks ettiriladi.

Yangi avlod bog'chalari va kadrlar siyosati

2026–2028 yillar oralig'ida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida bittadan «Yangi avlod» davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochiladi. Mazkur muassasalarning rahbarlari, pedagoglari va boshqa xodimlariga tarif stavkasiga nisbatan har oy 20 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to'lanishi ko'zda tutilgan.

2026–2027 o'quv yilidan e'tiboran pedagogika oliy o'quv yurtlarida maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr kadrlarni tayyorlash ilg'or xalqaro tajribalar asosida yo'lga qo'yiladi. O'rta maxsus ma'lumotga ega pedagoglar uchun esa tegishli OTMlarda maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha dual ta'lim shaklida to'lov-shartnoma asosida o'qish imkoniyati yaratiladi. Yangidan ish boshlaydigan davlat bog'chalariga birinchi navbatda oliy ma'lumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinishi shart.

Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan boshlab maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan past bo'lgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar joriy etilishi belgilandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi