Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga parlament so'rovi yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga parlament so'rovi yuborish masalasi ko'rib chiqildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E.Karimovaga “Ta'lim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo'naltirilgan Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida”gi parlament so'rovini yuborish masalasi muhokama qilindi.

Mamlakatimizda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida ulg'aytirish, uzluksiz ta'lim tizimida yagona g'oyaviy tarbiyani shakllantirish, o'g'il-qizlarning intellektual salohiyati hamda dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. O'tgan davr mobaynida yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, “Ta'lim to'g'risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida” hamda “Bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat yoshlarning huquqlarini himoya qilishi va ularning jamiyat hayotidagi faolligini rag'batlantirishi belgilandi.

Aniqlangan muammolar va kamchiliklar

Deputatlar tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar sohada ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotganini ko'rsatdi. Jumladan:

  • “Tarbiya” fanini o'qitish jarayoniga raqamli ta'lim texnologiyalarini to'liq integratsiya qilish ishlari yetarli emas.
  • Tarbiyaviy tadbirlar bilan o'quv jarayoni o'rtasidagi uzviylik to'liq ta'minlanmayapti.
  • O'quvchilar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish samaradorligi hududlar kesimida turlicha.
  • Ayrim ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar ko'proq tadbirbozlik shaklida tashkil etilmoqda.

Bu holat “oila — mahalla — maktab” zanjiridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ko'rsatmoqda.

Raqamli mexanizmlar va vazirlik vazifalari

Globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari yoshlar ongiga ta'sir qilayotgan turli mafkuraviy hamda raqamli xavflarga qarshi samarali mexanizmlarni joriy etishni talab etmoqda. Xususan, shubhali ma'lumotlarni tanqidiy baholash, milliy qadriyatlarni zamonaviy dunyoqarash bilan uyg'unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy tarbiya modelini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish, jumladan, “milliytarbiya.uz” platformasi orqali tarbiyaviy kontent va metodik resurslarni yuritish, o'quvchilar portfoliosini shakllantirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni raqamlashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga tegishli parlament so'rovi yo'llandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi