Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari faoliyati yo'lga qo'yiladi

Prezident farmoniga asosan maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilib, o'quvchilarga yiliga kamida 20 ta kitob o'qitiladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan boshlab kitobxonlikni keng targ'ib qilishga qaratilgan “Kitob – ma'rifat manbai” dasturini hayotga tatbiq etish belgilandi. Shuningdek, davlat idoralarining kitob va mutolaa mavzusidagi materiallari ijtimoiy axborot yoki reklama sifatida e'tirof etilishi belgilab qo'yildi.

Transport va jamoat joylarida mutolaa imkoniyati

Qabul qilingan hujjat ijrosini ta'minlash doirasida jamoat transportlarida, xususan, avtobus, metro, samolyot hamda poyezdlarda yo'lovchilar uchun qulayliklar yaratiladi. Xususan, simsiz internet tarmog'i orqali Mutolaa platformasidan erkin foydalanish imkoniyati yaratilib, maxsus QR-kodlar o'rnatilishi vazifasi qo'yildi.

Maktablardagi yangi tashabbuslar

Shu bilan bir qatorda, mamlakatimizdagi umumta'lim muassasalarida o'quvchilar o'rtasida mutolaani jonlantirish maqsadida “Jadidlar izidan” nomli kitobxonlik klublari ish boshlaydi. Mazkur klublar faoliyati doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • klub a'zolari o'rtasida kitob tahliliga bag'ishlangan qizg'in debatlar o'tkaziladi;
  • ta'lim dargohlarida klub qatnashchilariga o'quv yili davomida kamida 20 ta kitob mutolaa qildiriladi;
  • har chorak yakunida tuman va shahar kesimida eng faol deb topilgan klub a'zolari rag'batlantirib boriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi