Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktablarda o'qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash tartibi o'zgardi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'qituvchilarning dars soatlarini taqsimlash tartibidagi o'zgarishlar bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchilar o'rtasida dars soatlarini taqsimlash tartibi o'zgargani haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Yangi tartib va uning mazmuni

Ma'lum qilinishicha, 2025 yil 28 oktyabrda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligining qo'shma qarori bilan «Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida»gi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan. Mazkur hujjat Adliya vazirligida 3271-1 raqami bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Yangi tizim 2026–2027 o'quv yilidan amaliyotga joriy etiladi.

Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, mazkur o'zgarishlardan asosiy maqsad o'qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlash talablarini soddalashtirish hamda jarayonni yanada shaffof va adolatli tashkil etishdan iborat. Yangi tartib ko'plab pedagoglarning takliflari asosida ishlab chiqilgan bo'lib, dars yuklamasini taqsimlashda qo'llanilgan ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirilgan.

Mezonlardagi o'zgarishlar

Xususan, barcha o'qituvchilar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida quyidagi mezonlar bekor qilingan:

  • dunyoning top-1000 universitetlarini tamomlaganlik;
  • xalqaro va asosiy fan olimpiadalarida o'quvchilari g'olib bo'lgan o'qituvchilarga ustuvorlik beruvchi mezonlar.

Endi dars soatlarini taqsimlashda pedagogning kasbiy mahorati, milliy yoki xalqaro sertifikatlarga egaligi, zamonaviy kompetensiyalari va ta'limda erishgan natijalari asosiy mezon sifatida inobatga olinadi. Vazirlikning ta'kidlashicha, mazkur tartib o'z ustida muntazam ishlaydigan, yuqori kasbiy salohiyatga ega va sifatli ta'lim beradigan o'qituvchilarni rag'batlantirish, ta'lim sifati hamda o'quvchilarning bilim darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi