Namangan shahrida yangi o'quv yili uchun bir nechta maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi
Namangan shahrida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik doirasida umumta'lim maktablari uchun yangi o'quv binolari barpo etilib, mukammal ta'mirlar bajarildi.

Yangi o'quv yiliga puxta tayyorgarlik
Namangan shahrida bo'lajak o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish maqsadida ta'lim maskanlarini zamonaviy talablar darajasiga keltirish va qulay shart-sharoitlar yaratish yo'lida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Shahar hokimi Ayubxon Kamjlov ta'lim muassasalaridagi tayyorgarlik jarayonlarini shaxsan ko'zdan kechirib, o'quv xonalari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda mas'ullarga zarur ko'rsatmalar berdi.
Maktablarda amalga oshirilgan qurilish va ta'mirlash ishlari
- 88-sonli umumta'lim maktabi uchun Investitsiya dasturi asosida 570 o'rinli yangi bino tiklandi. Mazkur loyihani "Mega Asia Design Stroy" MCHJ 5 milliard 932 million so'm mablag' evaziga qisqa fursatda yakunladi.
- 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ham yangi o'quv yiliga mo'ljallangan 990 o'rinli qo'shimcha o'quv binosi shay holatga keltirildi. Ushbu obyekt "CHORTOQ BARKAMOL QURILISH TA'MIR SERVIS" MCHJ tomonidan 8 milliard 990,2 million so'm mablag' sarflangan holda zamonaviy jihozlandi.
- 31-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida keng ko'lamli ta'mirlash hamda bunyodkorlik ishlari bajarildi. "MEGA ASIA DESIGN STROY" MCHJ 14 milliard 306 million 732 ming so'm evaziga 750 o'rinli yangi qo'shimcha bino qurib bitkazdi. Shu bilan birga, maktabning eski 1130 o'rinli o'quv binosi mukammal ta'mirdan chiqarilib, o'quvchilar va o'qituvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.
Manba: UzA


