Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktablarda 2026-2027 o'quv yilidan "Kelajak soati" mashg'ulotlari yangi yondashuvda o'tkaziladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan "Kelajak soati" mashg'ulotlari yangi mazmun va amaliy kompetensiyalar asosida tashkil etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda maktab o'quvchilaridan faqat fanlarni o'zlashtirish emas, balki o'z fikriga ega bo'lish, texnologiyalardan to'g'ri foydalanish hamda Vatan taqdiriga daxldorlik hissi talab etilmoqda. Shu maqsadda 2026-2027 o'quv yilidan boshlab "Kelajak soati" mashg'ulotlari yangi mazmun va yondashuvlar asosida yo'lga qo'yilmoqda.

Yangi dasturlar va o'quvchilar ehtiyoji

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ishlab chiqqan yangi dasturlar milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, huquqiy bilim va zamonaviy amaliy kompetensiyalarni o'z ichiga oladi. Dastur mazmunini shakllantirishda 5-11-sinflarda tahsil olayotgan 159 ming 697 nafar o'quvchi ishtirokida keng qamrovli so'rovnoma o'tkazildi.

Natijalarga ko'ra, o'quvchilarning 83,2 foizi milliy madaniyatga, 82,7 foizi oilaviy qadriyatlarga, 81,2 foizi huquqiy bilimlarga qiziqish bildirgan. Shuningdek, ekologik mas'uliyat 59,6 foizni, tanqidiy fikrlash 60 foizni, volontyorlik esa 56,9 foizni tashkil etgan. Yangi format o'quvchilarga tayyor xulosalarni berishdan ko'ra, ularni mushohada qilish va o'z pozitsiyasini bildirishga undaydi.

Mashg'ulotlarning yangi formati

"Kelajak soati" an'anaviy dars qolipidan voz kechib, ochiq muloqot va hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish maydoniga aylantiriladi. Dasturlar turli yosh guruhlari, jumladan, 3-7 yoshli bog'cha tarbiyalanuvchilari hamda 1-4, 5-8, 9-11-sinf o'quvchilari uchun alohida tuzib chiqildi. Barcha materiallar milliytarbiya.uz platformasiga joylashtirildi.

Har haftaning dushanba kuni mashg'ulotlar Davlat bayrog'ini ko'tarish va Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi. Shuningdek, mashg'ulotlarning yakuniy 15 daqiqasi "Biz uchun muhim" rukniga ajratilib, unda kiberxavfsizlik, shaxsiy portfolio tayyorlash, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda xalqaro sertifikatlar va nufuzli OTMlar haqida ma'lumotlar berib boriladi.

Pedagoglarni tayyorlash

Pedagoglarning yangi yondashuvlar asosida ishlashini ta'minlash maqsadida Kasbiy rivojlanish soatlariga "Kelajak soati darslarini o'tish metodikasi" nomli 6 soatlik maxsus modul kiritildi. Shuningdek, Zoom platformasi orqali o'tkazilgan onlayn o'quv-seminarida vazirlik mas'ullari va 10 mingdan ortiq maktab direktorlari qatnashdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi