Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namangan viloyatidagi “Jasorat” maktablariga jismoniy tayyorgarlik sinovlari boshlandi

Namangan viloyatidagi “Jasorat” maktablariga kirish imtihonlarining hal qiluvchi ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo'lib o'tmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatida ham “Jasorat” maktablariga kirish imtihonlarining muhim bosqichi qizg'in davom etmoqda. Hozirgi kunda nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari tashkil etilmoqda.

Ma'lumot uchun, Namangan viloyatida jami 14 ta “Jasorat” maktabi faoliyat yuritishi yo'lga qo'yilgan bo'lib, ular uchun jami 364 ta kvota ajratilgan. Mazkur ta'lim muassasalarining har bir sinfida 26 nafardan o'quvchi o'qishi belgilangan bo'lib, saralangan bolalar maxsus dastur asosida bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Joriy yilda umumta'lim maktablarining to'rtinchi sinfini tamomlagan 2 ming 872 nafar o'quvchi ushbu maktablarga kirish uchun kurash olib bormoqda. Ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi besh xil shart asosida tekshirilmoqda. Bu jarayon yosh avlodning irodaviy va jismoniy salohiyatini baholashda asosiy mezon hisoblanadi.

Jumladan, Chust tumanidagi 9-sonli umumta'lim maktabi hududida ham mazkur sinovlarning ikkinchi bosqichi yuqori saviyada o'tkazildi. Ushbu maskanda boshlang'ich ta'limning 4-sinfi dasturi asosida har bir nomzodga beshtadan jismoniy mashq bajarish topshirig'i berildi. Mazkur jarayonda 256 nafar nomzod, jumladan, 43 nafar qiz bola o'zlarining chidamliligi, jismoniy tayyorgarligi va belgilangan me'yorlarni bajarish imkoniyatlarini ko'rsatdi.

Imtihonlar to'liq shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etilib, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, imtihonga kelgan ota-onalar uchun salqin kutish joylari hozirlanib, ularga jarayonlarni xotirjam kuzatish imkoniyati berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi