Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namanganda maktab maslahatchisi lavozimi uchun sinov jarayonlari boshlandi

Mamlakatimiz maktablarida yangi joriy etilgan maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzodlardan test sinovlari olinmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezidentning 2025 yil 8 sentyabrdagi maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida davlat umumta'lim maktablarida maktab maslahatchisi lavozimi yo'lga qo'yildi. Shu munosabat bilan Namangan shahridagi 15-sonli umumta'lim maktabida nomzodlarni saralash maqsadida test sinovlari tashkil etildi.

Sinov jarayonlari va talablar

Viloyatdagi 700 dan ortiq ta'lim maskanlaridagi mavjud o'rinlar uchun jami 1240 nafar nomzod ro'yxatdan o'tgan. Namangan viloyati "Kelajak" markazi tomonidan o'tkazilayotgan imtihonlarda ishtirokchilarning kasbiy bilimlari, normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha savodxonligi hamda yoshlar bilan ishlash ko'nikmalari baholanmoqda. Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o'tayotgan jarayonlarni tegishli mutaxassislar nazorat qilib bormoqda.

Nizom talablariga ko'ra, har bir ishtirokchiga 30 ta test topshirig'ini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Eng yuqori ball to'plagan nomzodlar keyingi bosqich – suhbatda qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. Suhbat natijalariga ko'ra saralab olingan eng munosib va tashabbuskor kadrlar maktab maslahatchisi vazifasiga tayinlanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi