Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonlik yoshlar Xalqaro Jautikov olimpiadasida yuqori natija ko'rsatdi

Qozog'istonda o'tgan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi 20 ta medalni qo'lga kiritdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

2026 yilning 10–15 yanvar kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fanlari yo'nalishlari bo'yicha 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO 2026) tashkil etildi. Dunyoning 15 ta davlatidan jami 700 nafardan ziyod iqtidorli yoshlar qatnashgan nufuzli xalqaro musobaqada O'zbekiston terma jamoasi o'zining tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichni qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, terma jamoamiz a'zolari yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, 3 ta oltin, 8 ta kumush hamda 9 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Mazkur muvaffaqiyat nafaqat o'quvchi va yoshlarning shaxsiy iqtidori, balki ta'lim muassasalari va ustozlarning zamonaviy fan hamda texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarining ham natijasidir.

Guliston davlat universiteti vakillarining yutuqlari

Nufuzli fan olimpiadasida Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari hamda Fizika-matematika fakultetlarining magistr va talabalari ham faol qatnashib, sovrinli o'rinlarni egallashdi. Jumladan:

  • Sanjarbek Rahimjonov (universitet magistranti) – oltin medal;
  • Behruzbek Boymurodov – kumush medal;
  • Muzaffar Normatov – bronza medali;
  • Ozodbek Orifjonov – bronza medali.

Musobaqaishtirokchisi Sanjarbek Rahimjonovning ta'kidlashicha, ushbu xalqaro musobaqada qatnashish katta tajriba va ruhiy rivojlanish imkonini bergan. Oltin medalni qo'lga kiritish shaxsiy yutuq bilan bir qatorda jamoaning birgalikdagi mehnati samarasi ekanini qayd etib, kelgusida ham ilmiy izlanishlarni kengaytirib, xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini himoya qilishni davom ettirishni maqsad qilganini bildirdi.

Ushbu g'alaba yosh olimlarga xalqaro maydonda o'z salohiyatini ko'rsatish imkonini berish bilan birga, mamlakatimiz ta'lim va fan tizimining salohiyatini namoyon etishda muhim qadam bo'ldi. Guliston davlat universiteti talabalarining ishtiroki yurtimizning ilmiy nufuzini xalqaro miqyosda yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi