Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namanganda maktab o'quvchisini mashina urib yuborgani yuzasidan mas'ullar jazolandi

Namangan viloyatida dars vaqtida maktabdan chiqib ketgan o'quvchini mashina urib yubordi. Mas'ul xodimlarga intizomiy choralar ko'rildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yangi Namangan tumanidagi 65-umumta'lim maktabining o'quvchisi yo'l-transport hodisasi natijasida jarohat oldi. 2-oktabr kuni uchinchi dars paytida ingliz tili o'qituvchisi dars tugashiga 10 daqiqa qolganda sinfni tark etgani bois uch nafar o'quvchi maktab hududidan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan.

YTH tafsilotlari va ko'rilgan choralar

Shu kuni soat 15:20 atrofida o'quvchilardan biri yo'lning qarama-qarshi tomoniga suv olgani o'tib, qaytayotgan vaqtda uning yo'lini Damas rusumli avtomobil kesib o'tib urib yuborgan va oqibatda bola tan jarohati olgan. Jabrlangan o'quvchiga zarur tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, mazkur ko'ngilsiz holat bo'yicha mas'ul xodimlarning faoliyati tanqidiy muhokama qilingan. Natijada sinf rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosariga rasmiy ogohlantirish berilgan bo'lsa, dars vaqtida xonani tark etgan ingliz tili o'qituvchisiga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi