Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent shahridagi maktablarda o'quv markazlari faoliyati yo'lga qo'yiladi

Toshkent shahar hokimligida o'tkazilgan muloqotda umumta'lim maktablarida o'quv markazlari filiallarini ochish masalalari muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahar hokimligida o'quv markazlari rahbarlari hamda davlat tashkilotlari mas'ullari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi, Markaziy bank, Xalq bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi va 30 ga yaqin o'quv markazlari rahbarlari qatnashdi. Uchrashuv davomida ta'lim xizmatlari sifatini oshirish, yoshlar uchun qulay qo'shimcha ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda o'quv markazlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalalari muhokamaga qo'yildi.

Maktablarda qo'shimcha ta'lim imkoniyatlari

Jumladan, o'quv markazlarining faoliyatini umumta'lim maktablarida yo'lga qo'yish bo'yicha takliflar tinglandi. Bunda maktablardagi mavjud bino va infratuzilmadan samarali foydalanish, zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda o'quvchilarning bilim maskanining o'zida qo'shimcha ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga e'tibor qaratildi.

Narxlar va sifat masalasi

Uchrashuvda ta'lim kurslarini aholi, xususan, yoshlar uchun qulay va maqbul narxlarda taklif etish masalasiga alohida to'xtalib o'tildi. Shu bilan birga, ko'rsatilayotgan ta'lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.

Suhbat chog'ida o'quv markazlari rahbarlarining mavjud muammolari va takliflari tinglanib, maktablarda qo'shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil etish hamda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi