Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o'ta olmagan pedagoglar ishdan bo'shatilmaydi

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o'ta olmagan o'qituvchilarning malaka toifasi tushirilmaydi va ular ishdan bo'shatilmaydi.

TTahririyat 1 daqiqa

Maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan pedagoglarni attestatsiya natijalariga ko'ra ishdan bo'shatish bilan bog'liq talablar qo'yilishi qonunchilikka mutlaqo zid hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, undan o'ta olmagan pedagoglarning malaka toifasi tushirilmaydi va ularga amaldagi toifa bo'yicha ish haqi to'lash davom ettiriladi. Shuningdek, bunday holatlarda pedagoglar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun hech qanday qonuniy asos mavjud emasligi ta'kidlandi.

Istisno holatlar va huquqiy kafolatlar

Faqat ayrim holatlarda, ya'ni oliy ma'lumotga ega bo'lmagan va mutaxassis lavozimida ishlayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyadan o'ta olmagan taqdirda, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin. Bunda ham xodimga navbatdan tashqari attestatsiyada ketma-ket ikki marta ishtirok etish huquqi beriladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi pedagoglarning huquqlari buzilgan taqdirda ishonch telefonlari va maxsus botlar orqali murojaat qilish mumkinligini ma'lum qildi. Murojaat qilgan shaxslarning ma'lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi