Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi o'z yakuniga yetdi

Poytaxtimizda o'tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik o'quvchilar ham munosib ishtirok etishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Poytaxtdagi «O'zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO–2026) yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Mazkur nufuzli musobaqa Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor O'zbekistonda tashkil etilib, unda dunyoning 94 davlatidan qariyb 1 000 nafar o'quvchi, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish bo'yicha o'rinbosari Ilhom Sirojev, maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova, oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov hamda xorijiy elchixonalar vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar bir hafta davomida amaliy va nazariy sinovlarda o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Sinov jarayonlari va g'oliblar

Musobaqa nizomiga ko'ra, umumiy natija 100 ball etib belgilangan bo'lib, uning 40 bali amaliy va 60 bali nazariy imtihonlar uchun ajratildi. Amaliy bosqichda o'quvchilar uchta laboratoriya topshirig'ini bajarishdi, nazariy bosqichda esa kimyo fanidan to'qqizta masala yechishdi. Masalalar orasida O'zbekiston tarixi va ilmiy salohiyatiga oid savollar ham o'rin oldi.

Olimpiada natijalariga ko'ra, 112 nafar ishtirokchi bronza, 74 nafari kumush va 41 nafari oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilarning ko'pchiligi rag'batlantiruvchi diplomlarga sazovor bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasining yutuqlari

Taqdirlash marosimida O'zbekiston terma jamoasining barcha a'zolari sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, Rayhona Tuymurodova oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medallarga sazovor bo'lishdi.

Ma'lumot uchun, davlat rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalarda g'olib bo'lgan o'quvchilar va ularning o'qituvchilariga pul mukofotlari berilishi belgilangan. Unga ko'ra, oltin medal uchun — 1 milliard 30 million so'm, o'qituvchisiga — 185,4 million so'm; kumush medal uchun — 618 million so'm, o'qituvchisiga — 103 million so'm miqdorida mukofot beriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi