Jizzaxlik o'quvchining Yale universitetiga qabul qilinish yo'li va hujjat topshirish sirlari
Yale universitetida tahsil olayotgan hamyurtimiz nufuzli OTMga qabul qilinish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerakligini tushuntirdi.
Yale universitetida o'qiyotgan hamyurtimiz bu oliygohga kirish mo'jiza yoki tasodif emasligini ta'kidladi. Akademik natijalar, darsdan tashqari faoliyat hamda esselar ustida jiddiy ishlagan har qanday abituriyent bu yerga kirish imkoniyatiga ega.
Yale universitetiga topshirish uchun nimalar kerak?
Arizani "Common Application", "Coalition Application on SCOIR" yoki "QuestBridge" platformalaridan biri orqali yuborish lozim bo'lib, bir admission cycle davomida faqat bittasidan foydalanish mumkin. Arizaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
- Maktab baholari va akademik ma'lumotlar
- SAT yoki ACT natijasi
- Ingliz tili testi (talab etiladigan xalqaro nomzodlar uchun IELTS, TOEFL, Cambridge yoki Duolingo English Test)
- Extracurricular activities, ya'ni maktabdan tashqari faoliyatlar
- Yale esselari va qisqa javoblar
- Ikki nafar o'qituvchining tavsiyanomasi
- Maktab counsellor'ining tavsiyanomasi
- Maktab hujjatlari va transcript
- Moliyaviy yordam so'raladigan bo'lsa, financial aid hujjatlari
Akademik natijalar va muhim omillar
Universitet akademik tayyorgarlikni qabul jarayonidagi eng asosiy omillardan biri sifatida baholaydi, biroq faqatgina baholarga tayanib qolish yetarli emas.
Manba: Kun.uz


