Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiy va Xorazmda bolalarning ta'lim ehtiyojlarini baholash tizimi ishga tushirilmoqda

Ikki viloyatda 3-18 yoshdagi bolalarning alohida ta'lim ehtiyojlarini aniqlash va davlat ta'lim muassasalariga yo'naltirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari huzurida Bolani kompleks baholash guruhlari tashkil etilmoqda.

Mazkur guruhlar 3-18 yoshdagi bolalarning alohida ta'lim ehtiyojlarini aniqlash bilan shug'ullanadi. Shuningdek, ular bolalarga mos ta'lim shakli va zarur qo'llab-quvvatlash choralarini belgilab, davlat ta'lim muassasalariga yo'naltiradi. Hududlarda jami 12 ta kompleks baholash guruhi xizmat ko'rsatishi ko'zda tutilgan.

Tizimning joriy etilish bosqichlari

Yangi tartib uch bosqichda amaliyotga tatbiq etiladi:

  • 1-oktabrdan boshlab Navoiy va Urganch shaharlarida;
  • 1-noyabrdan boshlab Karmana, Qiziltepa, Konimex, Yangibozor, Qo'shko'pir tumanlari va Xiva shahrida;
  • 1-dekabrdan boshlab esa har ikki viloyatning qolgan tuman va shaharlarida.

Baholash jarayoni qanday kechadi?

Baholash jarayonida maxsus pedagog, psixolog va mahalladagi ijtimoiy xodim ishtirok etadi. Ular bolaning ta'lim olish imkoniyatlari, rivojlanishi, muloqoti, xulq-atvori hamda oilaviy va ijtimoiy muhitini har tomonlama o'rganadi. Mazkur jarayonga ota-ona yoki qonuniy vakil jalb etilib, zarurat tug'ilganda tibbiyot mutaxassislari ham qatnashadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi