Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namangan viloyatida ta'lim sifatini oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda

Namangan viloyatida maktabgacha va maktab ta'limini rivojlantirish, o'qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish borasida qator natijalarga erishilmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Namangan viloyatida ta'limni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, o'quvchilarga munosib sharoit yaratish yo'nalishida keng ko'lamli ishlar bajarilmoqda. Bugungi kunda viloyatda jami 4 ming 790 ta'lim muassasasi, jumladan, 790 ta maktab, 3 ming 983 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 15 ta "Kelajak" markazi, bolalar kutubxonasi va pedagogik mahorat markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Mazkur umumta'lim maktablarida 566 mingdan ortiq o'quvchiga 41 mingdan ziyod pedagoglar saboq bermoqda. Ularning 97 foizi oliy ma'lumotga ega mutaxassislardir.

O'qituvchilar nufuzi va moddiy rag'batlantirilishi

Keyingi yillarda pedagoglarning jamiyatdagi o'rnini yuksaltirish bo'yicha ko'rilayotgan choralar o'z samarasini bermoqda. Xususan, 2026-yilning o'tgan davrida 6 ming 222 nafar oliy toifali, 9 ming 420 nafar birinchi toifali hamda 9 ming 266 nafar ikkinchi toifali pedagoglar faoliyat yuritdi. 2017-yilda 834 nafar bo'lgan oliy toifali o'qituvchilar soni bugunga kelib sezilarli darajada ko'paydi. Shuningdek, viloyatda 8 million so'mdan ortiq maosh oladigan o'qituvchilar 1 ming 219 nafardan, 10 million so'mdan ko'p oylik oluvchilar esa 511 nafardan oshdi. Vazir jamg'armasidan ustama oluvchi pedagoglar sonini yangi o'quv yilida 100 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Ilg'or tajribalar va xalqaro hamkorlik

Prezident maktablari tajribasi asosida mezonlarga tayanadigan yangi baholash tizimi bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. Agar dastlab bu tizim 28 ta maktabda boshlangan bo'lsa, joriy o'quv yilida ularning soni 330 taga yetkaziladi. Shuningdek, xorijiy tillarni o'qitish va o'quvchilarning xalqaro sertifikatlar olish ko'rsatkichi ham ortib bormoqda. Viloyatdagi 4 ming 340 nafar chet tili o'qituvchisining 3 ming 597 nafari, ya'ni 83 foizi "CEFR" va "IELTS" kabi sertifikatlarga ega. Shuning yani, 4 ming 662 nafar maktab o'quvchisi ham shunday xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritgan.

O'tgan o'quv yilida viloyat bo'yicha 41 ming 806 nafar o'quvchi 11-sinfni tamomlab, ularning 776 nafari oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 4 ming 283 nafar bitiruvchi muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalariga qabul qilindi. Ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 2017-2025-yillarda 707 ta obyektda qurilish-ta'mirlash ishlari bajarildi, 2026-yilgi investitsiya dasturiga ko'ra yana 37 ta maskanda ishlar rejalashtirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi