Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiyda ixtisoslashgan maktabning 23 nafar o'quvchisi muddatidan oldin talaba bo'ldi

Navoiy shahridagi 11-maktabning 23 nafar yuqori sinf o'quvchisi o'qishni o'z vaqtidan oldin naqd qildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Navoiy shahridagi aniq fanlar chuqur o'qitiladigan 11-ixtisoslashgan maktab o'quvchilari o'qishga muddatidan avval kirish bo'yicha yuqori ko'rsatkich qayd etishdi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, ta'lim maskanining 23 nafar o'quvchisi hali maktabda o'qib yurgan paytiyayoq talabalikka erishgan. Mazkur yoshlarning 2 nafari 10-sinf, qolganlari esa 11-sinf o'quvchilaridir.

Yuqori natijalar va sertifikatlar

Maktab direktori Gulnora Jumaniyozovaning ta'kidlashicha, joriy o'quv yilida ta'lim dargohini 155 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Hozirgi kunda muddatidan oldin talaba bo'lganlar 23 nafarni tashkil etsa-da, o'quv yili oxirigacha bu ko'rsatkichni 40 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, talabalikni naqd qilgan o'quvchilarning har biri 4 tadan 5 tagacha milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Maktab taqdim etgan statistikaga ko'ra, muddatidan avval talaba bo'lgan 23 nafar o'quvchidan 20 nafari eng yuqori natija – 189 ball to'plagan. Shuningdek, bir nafar o'quvchi 188 ball, yana ikki nafari esa 186 ball jamg'argan. Ushbu ko'rsatkich Navoiy viloyatida bir maktab doirasida qayd etilgan eng yuqori natijalardan biri sanaladi.

Milliy sertifikat imtiyozlari

Eslatib o'tamiz, umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikat talabgorlarning bilim darajasini aniqlash maqsadida joriy etilgan sinov hisoblanadi. Mazkur testlarda eng yuqori ballning kamida 60 foizini to'plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat beriladi. Amaldagi tartibga binoan, A+ va A darajadagi milliy sertifikati bor abituriyendlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi. B+, B, C+, C darajasidagi sertifikat egalari esa tegishli majburiy fanlar bo'yicha belgilangan eng yuqori ballga ega bo'ladilar.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi