Navoiyda pedagog ayollar o'rtasida voleybol musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Navoiy viloyatida o'qituvchi xotin-qizlar o'rtasida o'tkazilgan voleybol musobaqasining viloyat bosqichi g'oliblari taqdirlandi.

Navoiy viloyatida ta'lim xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Pedagog xotin-qizlar o'rtasida tashkil etilgan "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi" voleybol musobaqasining viloyat bosqichi qizg'in va murosasiz bahslarga boy o'tdi. Ishtirokchi jamoalar o'z mahorati hamda jipsligini namoyon etdi. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko'ra, faxrli 1-o'rinni Navoiy shahridagi 11-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi qo'lga kiritdi. Zarafshon shahridagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi esa 2-o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka Navbahor tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi yakun yasadi. Musobaqa yakunida barcha g'olib hamda sovrindor jamoalarga diplom, medallar va esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.
Manba: UzA


