Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nodavlat ta'lim muassasalarida tekshiruvlar xavf tahlili asosida amalga oshiriladi

Adliya vazirligida nodavlat ta'lim xizmatlari sohasida xavfni tahlil qilish elektron tizimini joriy etish nizomi ro'yxatdan o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Adliya vazirligi nodavlat maktabgacha, umumiy o'rta va qo'shimcha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish sohasida nazoratni amalga oshirishda «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimini joriy etish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

Xavf darajasini baholash tartibi

Nizomga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma'lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi.

Hujjatga muvofiq, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo'shimcha hujjat yoki ma'lumotlar talab qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.

Toifalarga ajratish va tekshiruvlar

Xavf darajasi nodavlat maktabgacha, umumiy o'rta va qo'shimcha ta'lim xizmatlari sohalari uchun belgilangan alohida mezonlar asosida aniqlanadi hamda subyektlar yuqori, o'rta va past xavf toifalariga ajratiladi.

Yuqori va o'rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda qonunchilikka muvofiq profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar tashkil etiladi. Past xavf toifasiga mansub muassasalarda esa tekshiruvlar o'tkazilmaydi.

Shu bilan birga, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to'g'ridan to'g'ri ta'sir choralarini qo'llash uchun asos bo'lmaydi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi