Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nogironligi bo'lgan abituriyentlarga imtihonlarda qo'shimcha vaqt ajratiladi

Imtihonlarda alohida ta'limga ehtiyoji bor abituriyentlar va pedagoglar uchun qo'shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Qarorga ko'ra, 2027-yil 1-maydan boshlab alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni vaucher asosida ta'lim olishiga ko'maklashuvchi zamonaviy assistiv jihozlar bilan ta'minlash tizimi amaliyotga kiritiladi.

Shuningdek, 2027/2028 o'quv yilidan boshlab nogironligi bo'lgan abituriyentlar uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida, shuningdek, nogironligi bo'lgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlovchi milliy sertifikat imtihonlarida qator imkoniyatlar yaratiladi. Unga ko'ra, belgilangan vaqt me'yoriga nisbatan 50 foiz miqdorida qo'shimcha vaqt berilishi belglandi. Bundan tashqari, imtihonlarda Brayl alifbosi, shuningdek, audio va elektron formatdagi materiallardan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Ta'lim jarayonini tashkil etish va subsidiyalar

2026/2027 o'quv yilidan e'tiboran alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarida o'qitish jarayoni o'quvchining shaxsiy ta'lim ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari hamda o'zlashtirish darajasidan kelib chiqib tuziladigan individual ta'lim rejalari asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab korreksion sinflarni tashkil etgan holda umumiy o'rta ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlariga mazkur sinflarda o'qiyotgan har bir bola uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) muayyan miqdorida subsidiya ajratilishi ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, Toshkent shahrida BHMning 11 baravari, viloyatlar markazlari hamda Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari, boshqa tuman va shaharlarda esa BHMning 8,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi