Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Surxondaryoda “Jasorat maktabi” uchun jismoniy sinovlar o'tkazildi

Surxondaryo viloyatida “Jasorat maktabi”ga o'quvchilarni saralashning ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Surxondaryo viloyatida umumta'lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan o'quvchilar uchun tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ga saralash jarayonlarining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi. Mazkur bosqichda nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan o'tkazildi.

Jismoniy sinovlar va baholash mezonlari

Bellashuvlar belgilangan tartib hamda mezonlar asosida tashkil etilib, unda ishtirokchilarning chidamliligi, chaqqonligi va umumiy jismoniy salohiyati baholandi. Har bir nomzod jami 5 turdagi jismoniy mashqni bajarishdi. Baholash jarayoni 50 ballik tizim asosida amalga oshirilib, o'quvchilarning belgilangan normativlarni q qay darajada bajargani atroflicha e'tiborga olindi.

Qabul jarayoni va rejalashtirilgan o'rinlar

Joriy yilda viloyat bo'yicha umumta'lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 1 ming 762 nafar o'quvchi “Jasorat maktabi”da o'qish istagini bildirib, ariza topshirgan edi. Hozirgi kunda saralash jarayonlari belgilangan talablar asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda. Ma'lum qilinishicha, viloyatdagi 15 ta tuman va shaharda faoliyat olib borayotgan “Jasorat maktabi”larning har biriga 26 nafardan o'quvchini qabul qilish rejalashtirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi