Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oksford o'zbekshunoslik dasturi doirasida Toshkentda yozgi maktab ochildi

Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun O'zbekistonda yozgi maktab o'z ishini boshladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbek tili va madaniyatini xalqaro miqyosda o'rganishga qaratilgan "Oksford o'zbekshunoslik dasturi" doirasida yozgi maktab faoliyati boshlandi. Ushbu loyiha "El-yurt umidi" jamg'armasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ko'magida tashkil etilgan bo'lib, unga 2025-yil oktabr oyida start berilgan edi.

Yozgi maktab va uning dasturi

27-avgustdan 23-sentabrgacha davom etadigan yozgi maktab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bazasida o'tkazilmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilar o'zbek va chig'atoy tillari bo'yicha jadallashtirilgan mashg'ulotlarda qatnashadilar. Shuningdek, tarix, adabiyot, tasavvuf, jadidchilik harakati, qo'lyozma meros va o'zbek kinosiga bag'ishlangan ma'ruzalar tashkil etiladi. Ta'lim marshruti Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini qamrab olib, talabalar muzeylar, tarixiy obidalar hamda hunarmandchilik markazlari bilan tanishadilar.

Dastur natijalari va statistikasi

2025-yilning kuzida ish boshlagan loyiha doirasida zamonaviy o'zbek tili va chig'atoy tili kurslari yo'lga qo'yildi. Mashg'ulotlarning ilk kunida 25 nafar tinglovchi ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, ikki trimestr natijalariga ko'ra 15 nafar doimiy ishtirokchidan iborat barqaror guruh shakllandi. Chig'atoy tili kursiga dastlab besh kishi yozilib, keyinchalik yana ikki nafar tadqiqotchi qo'shildi. Umumiy hisobda dastur Oksford universitetining 20 dan ortiq talaba va tadqiqotchisini qamrab oldi.

Dastlab o'zbek tilini bilmagan tinglovchilar Yevropa tizimi bo'yicha taxminan A2 darajasiga erishdilar. O'quv jarayonida an'anaviy Oksford uslubi zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, raqamli resurslar va multimedia kontentlari bilan uyg'unlashtirilgan. Chig'atoy tili yo'nalishida esa XIV asr oxiridan XX asr boshlarigacha bo'lgan bosma va qo'lyozma matnlar, epik she'riyat hamda diplomatik yozishmalar o'rganilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi