Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy sertifikatlashtirish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy sertifikatlashtirish tartibini davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari, tashkilotlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xo'jalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy sertifikatlashtirish tartibini belgilovchi idoraviy hujjat davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Sertifikatsiyani joriy etish tartibi va baholash

Ushbu menejment tizimi birinchi navbatda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash natijalariga ko'ra faoliyati qoniqarsiz deb topilgan, jinoyatchilik darajasi o'tgan yilga nisbatan oshgan va korrupsiyaviy xavf darajasi yuqori bo'lgan idoralarda tatbiq etiladi. Har yili mart oyida Agentlik tomonidan reja-jadval tasdiqlanib, tegishli tashkilotlarga yuboriladi.

Baholash ishlarini amalga oshiruvchi ishchi guruh Agentlik direktorining buyrug'iga asosan, tartib bo'yicha baholash muddati boshlanishidan kamida 10 ish kuni oldin tuziladi. Guruh mas'ul tarmoq xodimi rahbarligida kamida 7 nafardan iborat toq sonli tarkibda faoliyat yuritadi. Tashkilotlarning faoliyati ularning funksional xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ko'pi bilan 14 ish kuni ichida masofadan turib yoki joyiga chiqqan holda baholanadi.

Baholash mezonlari va ballar

Baholash dasturi jami 7 ta yo'nalish asosida ishlab chiqiladi. Bular jumlasiga ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash hamda jamoatchilik kengashlari faoliyati orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi yo'nalishlar kiradi. Tekshiruvlar 100 ballik tizimda baholanadi:

  • 81 balldan 100 ballgacha – yaxshi;
  • 55 balldan 81 ballgacha – qoniqarli;
  • 55 balldan kam – qoniqarsiz.

Faoliyati yaxshi deb baholangan idoralarga 3 yil muddatga amal qiluvchi korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi talablariga muvofiqlik sertifikati beriladi. Qoniqarli baholanganlarga kamchiliklarni to'g'rilash uchun 1 oydan oshmagan muddat ajratiladi va ular bartaraf etilgach sertifikat taqdim etiladi. Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan yoki qo'shimcha muddatda kamchiliklarni bartaraf etmagan rahbarlarga nisbatan sertifikat olmagan deb baholanib, tizim joriy etilgunga qadar rag'batlantirish to'lovlari to'xtatib turiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi