Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha yangi tashabbuslar e'lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi muloqotda oliygohlar va o'quv markazlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'quv markazlari va imtiyozlar

Qo'qon universiteti tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriya bilan ta'minlangan 400 o'rinli o'quv markazi faoliyati boshlandi. Mazkur markaz orqali yiliga 5 mingdan ortiq uyushmagan yoshlarga zamonaviy bilimlar berish uchun sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandlari bu yerda dasturlash, sun'iy intellekt hamda robototexnika yo'nalishlari bo'yicha 6 oylik bepul o'quv kurslarida o'qitilishi rejalashtirilgan.

Hududlarda shunday maskanlarni tashkil etib, ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul o'qitishni yo'lga qo'yadigan o'quv markazlari uchun bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Xususan, ular yer va mol-mulk solig'idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Shuningdek, o'qituvchilarga to'langan daromad solig'i hamda ijtimoiy soliq "keshbek" shaklida to'liq qaytarib beriladi.

Talabalar uchun amaliy ta'lim va yangi tajribalar

Toshkent agrar universitetining mexanizatsiya va agromuhandislik yo'nalishi talabalari uchun "dual" ta'lim tizimi joriy etiladi. Unga ko'ra, talabalar bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o'qitilib, bir vaqtning o'zida ham ishlaydi, ham maosh oladi.

Bundan tashqari, mazkur universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat bo'lgan "Kelajak fermerlari" eksperimental jamoalari tuziladi. Ushbu jamoalar o'quv yili davomida 10 sotix yerni o'zlashtirib, mustaqil ravishda ekin ekadi. Talabalarning kursdan-kursga o'tishi yerning unumdorligini oshirish, serhosil hamda yuqori daromad olish ko'rsatkichlariga qarab belgilanadi. Ushbu ijobiy tajribalardan mamlakatimizdagi qolgan barcha oliygohlar ham namuna olishi zarurligi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi