Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda 2027-yilda “Yangi avlod” maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq, Samarqand viloyatida 2027 yilda davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti maqomidagi “Yangi avlod” bog'chasi quriladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident tomonidan 2026-yil 5-fevral kuni imzolangan “Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmon maktabgacha ta'lim sifatini oshirish va qamrovini kengaytirishga qaratilgan qator islohotlarni belgilab berdi.

Maktabga tayyorlov guruhlari va yangi bog'chalar

Farmonga ko'ra, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari dasturi majburiy umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich bosqichi etib belgilandi va 6 yoshli bolalar uchun maktabga tayyorlov jarayoni tizimli tashkil etiladi. 2027-2028 o'quv yilidan boshlab bu guruhlarda ta'limni oliy ma'lumotli pedagoglar hamda OTM bitiruvchi bosqich talabalari olib boradi. Shuningdek, bolalarga bir yillik tayyorlovdan o'tganligi haqida davlat namunasidagi elektron sertifikat berilib, bu ma'lumot umumiy o'rta ta'lim shahodatnomasida qayd etiladi. Tayyorlov guruhlari davlat, nodavlat ta'lim tashkilotlari, maktablar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida tashkil etilishi mumkin.

Tizimda “Yangi avlod” maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini barpo etish ko'zda tutilgan bo'lib, tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyat yuritadi. Samarqand viloyatida 2027 yilda 1 ta shunday davlat bog'chasini qurish belgilangan. Bu muassasalarda robototexnika, ilk algoritmlash, fan va matematika, ijod va san'at, til va tasavvur hamda jismoniy faollik yo'nalishlarida tematik o'yingohlar ochiladi. Tarbiyachi-yo'riqchilar tanlov asosida qabul qilinib, ularga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha davlat byudjeti ustamasi belgilanadi.

Pedagog kadrlar va tadbirkorlarga imtiyozlar

2026-2027 o'quv yilidan boshlab pedagogika OTMlarida maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash xalqaro ilg'or tajriba asosida yo'lga qo'yiladi. O'rta maxsus ma'lumotli pedagoglar uchun esa dual ta'lim shaklida to'lov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash boshlanadi.

Shuningdek, 2026-yil 1 apreldan boshlab maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan past bo'lgan hududlarda tadbirkorlar uchun qator imtiyozlar beriladi:

  • Davlat maktablari va bog'chalarining bo'sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog'chalar tashkil etishga ruxsat etiladi.
  • Tadbirkorlardan 30 yil davomida ijara to'lovlari undirilmaydi.
  • Davlat bog'chasidagi bir nafar bola xarajatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi