Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda har yili yuzlab texnikumlar yangilanib, zamonaviy jihozlanadi

Prezident ishtirokidagi muloqotda texnikumlar faoliyatini yaxshilash, dual ta'lim va o'quvchilar uchun xorijda ishlash imkoniyatlari belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o'tkazgan muloqotida texnikumlar faoliyatini tubdan yaxshilash va kasbiy ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berildi. O'tgan yili Kasbiy ta'lim agentligi tashkil etilib, hududlarda hokimlar rahbarligida Kasbiy ta'lim kengashlari o'z ishini boshlagan edi.

Endilikda har yili kamida yuzta texnikumni to'liq ta'mirlab, ularni zamonaviy texnologiyalar hamda talab yuqori bo'lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilingan. Agentlik va hokimliklarga ta'lim dasturlarini ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqish, ilg'or tajribalarni joriy etish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, hokimlar texnikum binolari va yerlarini boshqa maqsadlarga berishdan qat'iy ogohlantirildi, direktorlarni o'z vazifasiga kirmaydigan yig'ilishlarga jalb qilish taqiqlandi.

Yangi imtiyozlar va dasturlar

Majlisda dual ta'lim qamrovini kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi. Endi texnikumlarda har oyda mehnat yarmarkalari va "Kasbiy rivojlanish kuni" o'tkazib boriladi. Shuningdek, xuddi oliy ta'lim muassasalari kabi texnikumlarga ham "spin-off" korxonalarini ochishga ruxsat berilib, o'quvchilarning startap loyihalariga bir milliard so'mgacha mablag' ajratilishi ko'zda tutildi.

Bundan tashqari, joriy yildan boshlab oliygoh talabalari uchun amal qiladigan "Ishla va sayohat qil (Work and travel)" dasturi texnikum o'quvchilariga ham tatbiq etiladi. Bu esa yoshlarga olti oy davomida chet elda ishlab, qo'shimcha daromad topish imkonini beradi. Mazkur dasturda qatnashuvchi texnikum o'quvchilarining yo'l xarajatlari uchun maxsus ssuda ajratilishi belgilandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi