Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim talabalari va ish beruvchilar hamkorligi tartibi tasdiqlandi

O'zbekistonda talabalarning shartnoma to'lovlarini qoplab berish va ularni ish bilan ta'minlash tartibi belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish jarayonida kadrlar buyurtmachilari ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan qaror qabul qilindi. Hujjatga asosan, vazirlik, idora va turli tashkilotlarning kadrlar tayyorlash bo'yicha bergan buyurtmalari asosida ikkinchi hamda undan yuqori kurs talabalarini tanlab olish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Uch tomonlama shartnoma va to'lovlar

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra, ish beruvchi, oliy ta'lim tashkiloti va talaba o'rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Unga muvofiq, ish beruvchi o'qishni tamomlagandan so'ng ishlab berish sharti bilan talabaning kontrakt to'lovlarini to'lab beradi. Shuningdek, talabani o'qishni tugatgach kafolatli ishga qabul qilish mexanizmlari belgilanmoqda.

Talabalar faoliyatini nazorat qilish va o'qish jarayoni

Ish beruvchi korxona va tashkilotlar talabaning fanlarni o'zlashtirish darajasini har bir semestr yakuni bo'yicha nazorat qilib boradi. Bundan tashqari, asosiy fanlardan tashqari ish beruvchi talabiga ko'ra qo'shimcha o'quv modullari tanlov fani sifatida kiritilib, ushbu fanlar uchun talabaga kredit ballari beriladi. Talabaning bitiruv malakaviy ishi mavzusi ham ish beruvchining takliflari, uning faoliyati yoki investitsiya loyihalariga oid masalalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi